Bugun xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyaga Kengash raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich boshchilik qildi.
Sessiya kun tartibidan tuman hayotining turli jabhalariga oid 6 ta dolzarb masala o‘rin olib, deputatlar tomonidan har bir masala chuqur tahlil qilindi.
Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.
Xalq vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Bu kabi muhim masalalar doimgidek deputatlik nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.