🏘 MAHALLADAGI MUAMMOLAR — E’TIBOR MARKAZIDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Islamova tomonidan Ahillik mahallasining faol nuroniylari bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalar o‘rganildi.
🤝 O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi. Mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha ishlar deputatlik nazoratiga olindi.