35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🧵 Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyaning 23-bandi ijrosi doirasida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqaro G. Usmonova tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik sexi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur sex orqali mahalla aholisi, xususan, xotin-qizlarni kasbga jalb etish va doimiy ish bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.