35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH: ISHCHI GURUH TUZILDI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH: ISHCHI GURUH TUZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan amaliy ishlar boshlandi.
📌 Mazkur yo‘nalishda ishchi guruh tuzilib, o‘rganish jarayonida foydalanish uchun maxsus savolnoma ishlab chiqildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan tumandagi tashkilot va muassasalarda:
korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
maxfiyligini ta’minlash;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki unga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish amaliyoti
kabi masalalar savolnoma asosida o‘rganiladi. SAVOLNOMA
https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Vazirlar-Mahkamasining-Korrupsiyaga-oid-huquqbuzarlik-haqida-xabar-bergan-yoki-korrupsiyaga-qarshi-kuras-09-09