🏛 Mahallalarda ijtimoiy xodimlar tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam tayinlash holati yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
🔍 Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mordanova Munira Jobborovna ishtirokida “Jilibuloq” mahallasida savolnoma asosida o‘tkazildi.
📋 O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
·Ijtimoiy xodim faoliyati, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash va ularga manzilli ko‘mak berish holati;
·Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlanishi hamda to‘lanishining shaffofligi;
·Boshqa mas'ul idoralar bilan o‘zaro hamkorlik va belgilangan tavsiyalar ijrosi.
Yakuniy xulosalar asosida mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz