Budjetdan ajratilgan mablag‘larning kamaytirilishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘larni tegishli yo‘nalishlarga qayta yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala Bog‘ot tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limida o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M. Quryozov hamda deputatlar ishtirok etdi.
Masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilinib, mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunlari asosida mazkur masalani Kengashning navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish tavsiya etildi.