35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR

Bugungi kunda aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada tibbiy muassasalarni zamonaviy diagnostik va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zamonaviy tibbiy jihozlar, avvalo, kasalliklarni erta va aniq tashxislash imkoniyatini kengaytiradi. Chunki o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘yilgan tashxis samarali davolashning muhim omili hisoblanadi.

Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Xidirbayev Temur Torebay o‘g‘li