35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“OLTINSOY” MAHALLASIDA MUROJAATLAR O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR KO‘RILDI

 “OLTINSOY” MAHALLASIDA MUROJAATLAR O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR KO‘RILDI

❗️ O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev tomonidan 16-“Oltinsoy” saylov okrugiga qarashli “Oltinsoy” mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

🔖 O‘rganishlar davomida mahalla hududida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📘 Mazkur yo‘nalishda 24 ta tavsiya asosida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari amalga oshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

✅ Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar amaliy nazoratga olinib, muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli ishlar tashkil etildi.

🌿 Atrof-muhit tozaligi va hududlar obodligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

📌 Deputatlik nazorati va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash — xalq manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 6