35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Yangi o‘quv yili shukuhi: Termiz shahridagi 1-sonli maktabda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali o‘tkazildi



Bugun shahrimizdagi barcha ta’lim dargohlarida bo‘lgani kabi 1-sonli umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yili munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov, shahar hokimi, deputat Sh.Lolayev, Kengash deputatlari T.Berdiyev, A.Mustafakulovlar va mas’ul tashkilotlar rahbarlari, ustoz-pedagoglar, nuroniylar, ota-onalar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat rahbari so‘zga chiqib, barcha ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi hamda yoshlarga ta’lim yo‘lida ulkan zafarlar tiladi. Shundan so‘ng rahbarlar birinchi sinfga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarning sinfxonalariga kirib, 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirishdi.

Ta’kidlash joizki, joriy o‘quv yilida Termiz shahridagi barcha umumta’lim maktablarining 1-sinflariga 4 616 nafar o‘quvchilar qabul qilindi va ularning barchasiga sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Tashrif davomida maktabda yaratilgan yangi sharoitlar bilan ham tanishildi. Muassasada yangi o‘quv yili oldidan 7 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 650 o‘rinli, 4 qavatli yangi qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi hamda 4 milliard so‘m evaziga mavjud 3 ta bino mukammal ta’mirdan chiqarildi.

Slide 1 of 6