Yunusobod tumanining “Yunusobod” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🎉Tadbirda Yunusobod tumani Kengashi deputati I.Ashrapova ham ishtirok etib, mahalla ahli bilan samimiy muloqot qildi hamda yurtdoshlarni ulug‘ ayyom bilan muborakbod etdi.
🎶Bayram dasturida Vatanimiz mustaqilligi, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar hamda turli madaniy tadbirlar namoyish etildi.
🤝Tadbir davomida mahalla faollari va aholi vakillari bilan suhbatlar o‘tkazilib, hududdagi hamjihatlik, obodonlashtirish va fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr almashildi.
🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!
Bizni kuzatishda davom eting!