35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITISH BO‘YICHA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 12-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat X.Nazarova tomonidan o‘z hududidagi “At-Termiziy” MFYda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish davomida yoshlarning muammolari va ehtiyojlari ham atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Furqat ko‘chasi 11-uy, 25-xonadonda yashovchi fuqaro Qodirova Nozmehr murojaat qilib, uni “Yoshlar daftari”ga kiritish masalasida amaliy yordam so‘radi.

Murojaat deputat X.Nazarova tomonidan o‘rganilib, fuqaroning mavjud holati va murojaati yuzasidan tegishli tartibda amaliy choralar ko‘rildi.

Deputat tashabbusi bilan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaro Qodirova Nozmehrni “Yoshlar daftari”ga kiritish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning “Yoshlar daftari” orqali mavjud imkoniyat va ko‘maklardan foydalanishi uchun zarur sharoit yaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3