35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.G'oibnazarov tuman Xalq qabulxonasida “Madad” NNTning Zomin tuman Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I. Tashbayev bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.

Qabul davomida fuqarolardan uy-joy masalasi, jumladan, uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish va undan foydalanish tartibi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatchilarga amaldagi tartib-taomillar, subsidiya olish uchun qo‘yiladigan talablar, murojaat qilish tartibi hamda uy-joy sotib olish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3