35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 10-«Yangiyer» saylov okrugidan saylangan deputat Tangirov Tursunqul hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov «Yangiyer» mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida 47-sonli umumta’lim maktabida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, «Cho‘lpon xo‘ja ota» qabristonida o‘tkazilgan tozalik hasharida faol ishtirok etilib, hududni yanada obod va ozoda saqlashga hissa qo‘shildi.

O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5