📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ibrohim Rasulov tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilayotgan sanitariya va epidemiologiya yo‘nalishiga oid masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
❗️O‘rganish davomida “Uysozlar” mahallasi hududida joylashgan dehqon bozorchasi faoliyati va uning sanitariya holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
✅ Aniqlangan holatlar tegishli tartibda qayd etilib, sessiyada mazkur masalani ko‘rib chiqishda o‘rganish natijalari va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar bildirilishi nazarda tutilmoqda.