35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xotin-qizlar bandligi va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Z. Shomurodova o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔹Uchrashuv davomida “Navgadi” mahallasi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolarga mavjud imkoniyatlar, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar va kredit ajratish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, ishtirokchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 2