35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputatlik nazorati: “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda

 Deputatlik nazorati: “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri amalga oshiriladi.

O‘rganish davomida:
🔹 fuqaro muhofazasi rejalari ishlab chiqilishi va amaliy ijrosi;
🔹 aholini ogohlantirish hamda xabar berish tizimining holati;
🔹 himoya inshootlari va evakuatsiya tadbirlari tayyorgarlik darajasi;
🔹 fuqaro muhofazasi kuch va vositalari shayligi;
🔹 korxona va tashkilotlarda fuqaro muhofazasi tadbirlari tashkil etilishi;
🔹 moddiy-texnik, tibbiy va boshqa zarur zaxiralarning shakllantirilishi hamda saqlanishi atroflicha tahlil qilinmoqda.

Yig'ilishda o'rganish ishchi guruhi tuzildi va savollar ishlab chiqildi.