35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Xidirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov Bekobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida bo‘ldi.

Tashrif davomida bo‘limning faoliyati, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-80-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi va bu boradagi mavjud holat muhokama qilindi.

Slide 1 of 4