35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati o‘z saylov okrugidagi “Istiqlol” MFYda fuqarolar qabuli o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Xususan, Andijon shahar “Istiqlol” MFY, 4-uy, 3-xonadonda yashovchi fuqaroning pasport olish masalasida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaat yuzasidan belgilangan tartibda Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilishi hamda fuqaroga masalani hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishi tushuntirildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1