35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA

🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Keldibekova tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, dori-darmon ta’minoti, profilaktik tibbiy ko‘riklarning o‘tkazilishi, onalar bolalar salomatligini muhofaza qilish, tez tibbiy yordam xizmatining samaradorligi tahlil qilindi.Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — har bir fuqaroning malakali, o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat olish huquqini ta’minlash, sohadagi muammolarni barvaqt aniqlash ularning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat. Inson qadrini ulug‘lash va aholi salomatligini muhofaza qilish — doimiy deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 2