Yangiliklar

Mahallada aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Ibodullayev hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi bosh mutaxassisi G. Mahammadiyeva hamkorligida 25-Olg‘a saylov okrugida joylashgan Chorvador mahallasida hokim yordamchisi B. Bozorov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

➡️O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

➡️Aniqlanishicha, joriy davr mobaynida Chorvador mahallasida 34 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, kam ta’minlangan 41 ta oiladan 25 tasining daromad manbalari shakllantirilib, ularning kambag‘allikdan chiqarilishiga erishilgan.

➡️Bundan tashqari, mahalladagi 22 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida ularga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilgan.

➡️O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, yaratilgan ish o‘rinlarining barqarorligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3