O‘rganish davomida ayni paytda kasallik ta’tilida bo‘lgan deputat R.Alijonovaning saylov okrugidagi S.Olloyor ko‘chasining 420 metr qismida olib borilayotgan asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Mazkur loyiha "Muhammad Fayz" MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda. Asfaltlash ishlari ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, transport harakati uchun qulay sharoit yaratish hamda aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Oʻrganishda bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini ta’minlash fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.