Yangiliklar

QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi 528-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish va muloqotlar davomida fuqarolarga reproduktiv salomatlikning insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati, sog‘lom avlodni shakllantirish hamda oila salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, homiladorlik davrida ona va bola salomatligini muhofaza qilish, reproduktiv tizim kasalliklarining oldini olish hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Aholining tibbiy madaniyatini oshirish va qonun ijrosini ta’minlash ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3