Yangiliklar

Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.

    Ish rejaga asosan Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yunusova hamda 12-Chortoq saylov okrugi deputati B.Xolboyev tomonidan Inoqlik MFY hududida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar manzilli o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida kambag‘allik reyestriga kiritilgan Chortoq ko‘chasida yashovchi fuqaro D.Mirtojievga davlat dasturlari doirasida 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan.
Mazkur mablag‘ hisobidan qo‘y xarid qilinib, chorvachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Natijada fuqaroning daromad manbai yaratilgan hamda u kambag‘allik reyestridan chiqarilgan.

Slide 1 of 2