Yangiliklar

“CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI HAMDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.

 O‘rganish davomida hududda maishiy chiqindilarni yig‘ish va ularni o‘z vaqtida olib chiqish holati, sanitariya-ekologik talablarning bajarilishi hamda aholi tomonidan chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish masalalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish xizmatining tashkil etilishi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Yakunda hududning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarning oldini olish hamda qonun talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1