Oʻrganish davomida soliq xodimi tomonidan:
aholi bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari;
tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar faoliyatini qonuniylashtirish;
soliq bazasini kengaytirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Oʻrganish yakunida mahallada tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar bildirildi.
Deputatlik nazorati doirasida hududdagi muammolarni oʻrganish va ularning yechimiga koʻmaklashish ishlari davom ettiriladi.