Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova Do‘stlik mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarning natijalari muhokama qilindi.
🤝 Yoshlarning bilimli, kasb-hunarli va faol bo‘lib voyaga yetishi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish esa doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi.