Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Parchayuz mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor O‘. Esirgapovaning murojaati yuzasidan mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida tadbirkor tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar va tavsiyalar berildi.
🤝 Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish — ustuvor vazifalardan biridir.