Yangiliklar

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati D. Saidova “Qoraqo‘yli” mahallasida o‘rganish olib bordi

📝 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat D. Saidova “Qoraqo‘yli” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 3