Yangiliklar

Xotin-qizlar faoli faoliyati: yutuqlar va istiqbollar

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q. Bobojonov Farhod mahallasiga tashrif buyurib, mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ularning muammolarini o‘rganish borasida olib borilayotgan samarali ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla faoli bilan suhbat jarayonida mavjud yutuqlar, istiqboldagi rejalar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.

🌿 Mahallalarda olib borilayotgan bunday ezgu va samarali ishlar jamiyat taraqqiyoti hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3