Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Oyzoda Egamberdiyeva Do‘stlik mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlari va takliflarini o‘rganmoqda.
Muloqot davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, murojaatlarning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini joyida o‘rganish hamda yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.