Yangiliklar

📍 Mahalladagi islohotlar – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev Mustaqillik mahallasida bo‘lib, “Yettilik” a’zolarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning amaliy natijalari atroflicha o‘rganildi.

Deputat tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda istiqboldagi vazifalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

✅ Mahallalarda tizimli ishlash, aholi muammolariga yechim topish va ularning daromad manbalarini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 3