Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ilhom Karabayev Farhod mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o'tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati hamda fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojlari yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Deputat tomonidan ko'tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o'rganish va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko'rish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqalarni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida o'rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.