Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov tomonidan “Qishloqbozor” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👥 Uchrashuv davomida deputat fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglab, hududda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar hamda ilgari surilayotgan tashabbuslar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

📝 Shuningdek, saylovchilar o‘zlarini qiynayotgan muammolarni bevosita deputatga yetkazib, ularning yechimi yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🤝 Mazkur uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, aholining ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 5