Yangiliklar

Novqa MFYda ichimlik suvi tarmog‘ini tortish choralari ko‘rilmoqda

📍 Novqa MFYda ichimlik suvi tarmog‘ini tortish choralari ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Saidova Hafiza Donaboyevna tashabbusi bilan hududdagi muhim masalalardan biri — O‘rta qishloq ko‘chasini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Ayni vaqtda mahallada hashar yo‘li bilan suv quvurlarini olib kelish va o‘rnatish ishlarini tashkil etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Deputat va mahalla faollari ushbu xayrli tashabbusni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etmoqdalar.

🚰 Ushbu loyiha amalga oshishi natijasida ko‘plab xonadonlarning uzoq yillik muammosi hal etilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1