Mazkur bayramona tadbir milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlar qalbida ajdodlar merosiga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadbir har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanayotgani bilan uyg‘un holda o‘tkazilib, unda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy o‘zlikka hurmat va faxr tuyg‘usini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda keng jamoatchilik, yoshlar, ijodkorlar va hunarmandlar faol qatnashdilar.
Jarayon davomida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy o‘yinlar, sahnaviy chiqishlar va milliy liboslar namoyishi orqali xalqimizning boy madaniy merosi yorqin aks ettirildi.