Hurmatli madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!
Sizlarni 15-aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz bilan xalqimizning boy ma’naviy merosi asrab-avaylanib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz yanada yuksalmoqda. Ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, go‘zallikka intilish va milliy g‘ururni shakllantirishdagi xizmatlaringiz alohida e’tiborga loyiqdir.
Bugungi qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ijodiy yutuqlar, ilhom va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)