Yangiliklar

#sessiya #Kengash_qarori 📌 Ishtixon tumanida suv bilan ta’minlangan va ta’minlanmagan hududlar ro‘yxati ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ishtixon tumanida vegetatsiya davri uchun suv manbalarining suvlilik darajasi tahlil qilindi.

Mazkur tahlillar asosida tumandagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari kesimida:

🔹 suv bilan barqaror ta’minlangan hududlar;

🔹 suv bilan ta’minlanmagan yoki suv taqchilligi kuzatilayotgan hududlar bo‘yicha alohida ro‘yxatlar va ilovalar ishlab chiqildi.

📝 Tayyorlangan mazkur hujjatlar va jadvallar belgilangan tartibda xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi ko‘rib chiqishi uchun tayyorlanib, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali — Regulation.gov.uz ga joylashtirildi.

Mazkur ro‘yxatlar orqali suv resurslarini hududlar kesimida adolatli taqsimlash, suv tanqisligi mavjud maydonlarda ekin joylashtirishni to‘g‘ri rejalashtirish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

🤝 Hujjat loyihasi yuzasidan fuqarolar, fermerlar va mutaxassislar tomonidan taklif hamda mulohazalar bildirilishi mumkin. Bu esa qarorlarni yanada puxta va amaliyotga mos tarzda qabul qilishga xizmat qiladi.

Taklif qoldirish (https://regulation.gov.uz/oz/d/113704)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1