Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
🔷 Xalq deputatlari Buvayda tumani Kengashi deputati Azizbek Soliyev tomonidan o`z saylov okrugidagi Do`stlik mahalla fuqarolar yig`inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi hamda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔷 Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar keskin muhokama qilinib, mavjud muammolar joyiga chiqib o`rganilib, manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.
🔹 Uchrashuv mahalla faollari, yettilik a’zolari va tuman Kengashi deputatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni amalga joriy etish uchun muhim yo‘nalish bo‘ldi.