🏫 Deputat o‘rganuvi: sport infrastrukturasi holati nazoratda
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 5-To‘quvchilar saylov okrugi deputati Xusainov Abdixalik Nabiyevich tomonidan Yakkasaroy tumanidagi 127-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li ham ishtirok etdi.
🎯 O‘rganish jarayonida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — yoshlar uchun yaratilgan sport sharoitlari alohida e’tiborga olindi.
🏀 Xususan, quyidagi masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi:
— sport inshootlarining mavjudligi va ulardan foydalanish darajasi;
— sport zallari holati, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi;
— sport anjomlari va jihozlarning yetarliligi hamda zamonaviyligi;
— mavjud jihozlarning texnik holati va xavfsizlik talablariga javob berishi;
— ochiq darslarga kirilib, mashg‘ulotlar jarayoni va murabbiylarning faoliyati tahlil qilindi;
— o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishi va qatnashish faolligi o‘rganildi;
— sport to‘garaklari faoliyati, ularning samaradorligi hamda qamrov darajasi ko‘rib chiqildi;
— iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi;
— sport tadbirlarini tashkil etish darajasi va ularning muntazamligi baholandi.
📊 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📌 Ta’kidlanganidek, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
📣 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.