XOTIN-QIZLAR FAOLINING ISH SAMARADORLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
Mahallalarda xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning muhim vazifasidir. Shu munosabat bilan,
10-Jag‘albayli saylov okrugi deputati M.D.Abdulazizova hududdagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash va ularni ro‘yxatdan chiqarish choralari to‘g‘risida masdahat olib borildi.
Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga ko‘rsatilayotgan psixologik va huquqiy yordamlarni kuchaytirish to‘g‘risida kelishildi.
Shuningdek, mahallada og‘ir ahvoldagi 2 ta oilaning uy joyini ta’mirlash choralarini ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash holati ham o‘rganildi