Yangiliklar

🔘 “TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKSIZ JAMIYAT SARI BIRGA QADAM!”

🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati G. Riskulova tomonidan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda mahalla xotin-qizlar faollari, jamoatchilik vakillari hamda hududda yashovchi xotin-qizlar ishtirok etdilar.

🔹Tadbir davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan hududda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, muammolarini o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi haqida ma’lumot berildi.

🔹Shuningdek, O‘RQ–561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda undagi 35 ta modda yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Mazkur qonunning mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi.

🔹Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan turli savollar berilib, o‘z fikr-mulohazalari bildirildi.

Slide 1 of 3