Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish — ustuvor vazifa
Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Suhbat davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, profilaktika ishlarini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi bilan tushuntirish ishlarini muntazam olib borish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida jinoyatchilikning oldini olish, mahallada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash borasida hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.