Yangiliklar

Deputatlik nazorati

🔹 Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Inson ijtimoiy hizmatlar markazi tasarrufidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

🔹 Muhokamada Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari I.Otajonov, obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Yakubov hamda shahar mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i D.Eminov ishtirok etdi.

🔹 Yig‘ilish yakunida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shahardagi ta’mirtalab xonadonlarni ta’mirlash jarayonlari ustidan qat'iy deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4