✔️23-iyul kuni Zarafshon shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Oripov, Xalq deputatlari shahar kengashi deputati Dilafruz Bahranova tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida "Geolog" MFYda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
✔️Qabul davomida fuqarolarning turli fuqarolarning bandligi ta'minlash, turar joy muammosi va davolanishga ko‘mak berish sohalariga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.