Bugun Xalq deputatlari Bo'ka tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 10-sessiyasi bo'lib o'tdi. Tuman Kengashi deputatlari va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son Qarorining Bo‘ka tumanida ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bo‘ka tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Z.Raxmonqulovning tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
Jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra “g‘olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida;
Bo‘ka tumani mahalliy byudjetining 2024-yil 12 oylik yakuni ijrosi to‘g‘risida;
Tumandagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida;
Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Sessiya davomida mas'ullarning hisobotlari tinglandi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.