📜 O‘zbekiston Respublikasining “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi Qonuni 2020-yil 22-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2020-yil 11-sentabrda Senat tomonidan ma’qullangan.
🎯 Mazkur Qonunning asosiy maqsadi narkologik kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, samarali davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shuningdek, aholida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat.
📌 Qonunda quyidagi muhim yo‘nalishlar belgilangan:\
🔹 narkologik kasalliklar profilaktikasini tashkil etish;
🔹 fuqarolarga malakali narkologik tibbiy yordam ko‘rsatish;
🔹 bemorlarni davolash hamda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish;
🔹 voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik va alkogolizmning oldini olish;
🔹 davlat organlari, ta’lim muassasalari, tibbiyot tashkilotlari va jamoatchilikning hamkorligini kuchaytirish.
🌿 Sog‘lom turmush tarziga amal qilish, zararli odatlardan voz kechish va narkologik kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etish — inson salomatligi va jamiyat farovonligini ta’minlashning muhim omilidir.
📚 Qonun targ‘iboti — huquqiy madaniyat va sog‘lom jamiyat sari muhim qadam!
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz