Xalq manfaatlari yo‘lida — doimiy izlanish va amaliy harakat!
✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 6-saylov okrugi deputati To‘lqin Xoliqov tomonidan Xo‘jamozor MFYning Xo‘jaobod ko‘chasida hudud infratuzilmasi va yo‘l xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish tizimi hamda avtomobil yo‘llaridagi mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Ayni paytda Xo‘jaobod ko‘chasida hududni obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda yo‘llarni ta’mirlash ishlari ham davom ettirilmoqda.
✅Deputatlik o‘rganishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.