Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati B. Maxkamov tomonidan “Nurmakon” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati, hududda xavfsiz muhitni ta’minlash hamda aholi bandligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori, shuningdek, 2020-yil 30-oktabrdagi PF–6098-son hamda 2024-yil 16-yanvardagi PF–11-son Farmonlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, hududda xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda aholi, ayniqsa, yoshlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🇺🇿Deputatlik nazorati — aholi muammolarini o‘rganish, qonun ijrosini ta’minlash va hududda munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.