Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova tomonidan Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.

🧑‍🎓Suhbat davomida o‘quvchilarga zo‘ravonlikning jismoniy, ruhiy, jinsiy va boshqa shakllari, uning salbiy oqibatlari hamda bunday holatlarning oldini olishning muhim jihatlari tushuntirildi.

⚖️Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-996-son, 2024-yil 14-noyabr mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

📌O‘quvchilarga o‘z huquqlarini bilish, zo‘ravonlikka befarq bo‘lmaslik, bunday holatga duch kelganda ishonchli kattalarga murojaat qilish hamda o‘z tengdoshlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi tushuntirildi.

Slide 1 of 2