MINGCHINOR MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
📍 Paxtakor tumani Mingchinor mahallasida yangidan barpo etilgan bolalar maydonchasi va workout hududi foydalanishga topshirildi.
🔰 Tantanali tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov, mas’ullar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
✅ Yangi maydoncha bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishiga xizmat qiladi.
👏 Tuman hokimi qurilish ishlarida faol ishtirok etgan fuqarolarni rag‘batlantirdi.